• Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini monitoring qilish va boshqarish guruhining muhandis-tizim ma'muri

  • Konimex tumani, Zafarobod qo‘rg‘oni
  • 79 507-00-52, 79 507-02-70
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 2

      Ma`lumoti: oliy yoki o‘rta maxsus kasbiy ma’lumot

      Bandlik shakli: doimiy

      Talab etiladigan ish staji: Kamida 1 yil axborot texnologiyalari sohasida tajribaga ega bo‘lishi shart

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Axborot texnologiyalari yo‘nalishi

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Kompyuterdan ishonchli foydalanish, shu jumladan ofis ilovalari bilan ishlash ko'nikmalari, AKT monitoringi va boshqaruvi uchun maxsus dasturiy ta'minot, boshqaruv va buxgalteriya tizimlari, Axborot xavfsizligi asoslari va foydalanuvchilarni texnik qo'llab-quvvatlash usullarini bilish. Reglament va standartlarga muvofiq serverlar va tarmoq uskunalarining uzluksiz ishlashini ta'minlash, Serverlar va ish stansiyalarida, jumladan, operatsion tizimlar va maxsus ilovalarda dasturiy ta'minotni o'rnatish, sozlash va yangilash. IT infratuzilmasining barqaror ishlashini ta'minlash uchun rejalashtirilgan ta'mirlash va dasturiy ta'minotni yangilash jadvallarini ishlab chiqish va monitoring qilish. Serverlar va tarmoq uskunalarini muntazam tekshirish va sinovdan o'tkazish, ularning xizmatga yaroqliligi va talablarga muvofiqligini ta'minlash. Favqulodda vaziyatlarda tizimlarni tez va xavfsiz tiklashni tashkil etish, foydalanuvchilar uchun uzilishlar va oqibatlarni minimallashtirish. Operatsion samaradorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirish uchun yangi texnologiyalar va uskunalarni tahlil qilish va sinovdan o'tkazishda ishtirok etish. Axborotni himoya qilish uchun viruslarga qarshi yechimlar va zahira mexanizmlarni o'z ichiga olgan xavfsizlik tizimlarini sozlash va monitoring qilish. Materiallar, asbob-uskunalar mavjudligi va harakati, yaroqsiz asbob-uskunalarni hisobdan chiqarish va jihozlarni (shakllarni) belgilangan hujjatlarni rasmiylashtirgan holda sertifikatlash hisobini yuritish.

       

      Ish vazifalari: Ishchi yo‘riqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba-juma Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi


  • Taʼmirlovchi-chilangar "Zafarobod" KB (Kelgusida zahiralash uchun)

  • Konimex tumani, Zafarobod qo‘rg‘oni
  • 79-507-55-13, 507-58-84
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: Ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda

      Ma`lumoti: O‘rta maxsus

      Bandlik shakli: doimiy

      Talab etiladigan ish staji: ish staji talab etilmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi bo‘yicha 4 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Quyidagilarni bilishi kerak: oddiy uzellar va mexanizmlar, jihozlar, agregatlar va mashinalarni qismlarga ajratish, ta’mirlash va yig‘ish bo‘yicha ishlarni bajarishning asosiy usullarini; chilangarlik va nazorat-o‘lchov asbobining vazifasini va ularni ishlatish qoidalarini; ishlov beriladigan materiallarning asosiy mexanik xususiyatlarini; g‘adir-budirlik joizlik (dopusk)lari  va o‘tkazish (posadka)lari, kvalitetlari va ko‘rsatkich (parametr)lari to‘g‘risidagi asosiy tushunchalarni; moylar, yuvish tarkiblari, metallar va surkov moylarining nomi, markirovkasi va qo‘llanilishi qoidalarini.  

      Ish vazifalari: Ishchi yo‘riqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Grafik asosida

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi


  • Foydali qazilmani geofizik sinovdan o‘tkazish bo‘yicha operator "Zafarobod" kon boshqarmasi (Kelgusida zahiralash uchun)

  • Zarafshon shahri, Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘oni
  • 79-507-58-84, 507-55-13
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: Ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda

      Ma`lumoti: O‘rta maxsus

      Bandlik shakli: doimiy

      Talab etiladigan ish staji: ish staji talab etilmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi bo‘yicha 4 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Induksion karotaj, yadroviy gammakarotaj, g‘ayriixtiyoriy qutblanish karotaji, tokli karotaj, inklinometriya, termometriya, kavernometriya va rezistivimetriya usullari bilan quduqlarni tekshirishlarni o‘tkazish. Xizmat ko‘rsatiladigan apparaturaning mexanik qismlarini profilaktik tekshirish va uning ishidagi nosozliklarni bartaraf qilish va yuqoriroq malakali operator rahbarligi ostida boshqa ishlarni bajarish. Quyidagilarni bilishi kerak: ishlatiladigan asboblar va yadroviy-geofizik apparaturalarning tuzilishi, ishlash prinsipi, texnik tavsifini va ulardan foydalanish qoidalarini; quduqlarning yerusti va yerosti uskunalarining tuzilishi va texnik tavsifini; qo‘llaniladigan usullar bo‘yicha quduqlarni geofizik tekshirishni amalga oshirish tartibi va qoidalarini; quduqlarni tekshirishning yadroviy-geofizik usullarining fizik asoslarini; kon jinslarining tasnifi asoslarini; apparaturalarni darajalash qoidalari va tartibini.

      Ish vazifalari: Ishchi yo‘riqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Grafik asosida

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi


  • O‘ziyurar korotaj stansiyasi motoristi (Kelgusida zahiralash uchun)

  • Zarafshon shahri, Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘oni
  • 79-507-58-84, 507-55-13
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: Ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda

      Ma`lumoti: o‘rta maxsus kasbiy yoki umumiy o‘rta ma’lumot

      Bandlik shakli: doimiy

      Talab etiladigan ish staji: ish staji talab etilmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi bo‘yicha 6 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

         Quduqlarda geofizik tadqiqotlar o‘tkazishda  kоrоtaj  stansiyasini boshqarish. Quduqqa asboblarni tushirish va ko‘tarish. Stansiyani quduqqa  olib borishni  tayyorlash. Harakatlanayotganda stansiyani boshqarish. Quduqlarda geofizik tadqiqotlar uchun foydalaniladigan yuklash va asbob-uskunalar, ularni quduqlarga o‘rnatish va demontaj qilishda ishtirok etish. Stansiyani profilaktik tekshirish va ta’mirlash. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalangan holda geofizik qurilmalarni kalibrlashda ishtirok etish.
        Bilishi kerak: quduqlarda geofizik tadqiqotlar o‘tkazish tartibi va ketma-ketligi; karotaj kabellari va quduq uskunalarini tushirish va ko‘tarish qoidalari; karotaj uskunalari va jihozlarini tashish qoidalari; korotaj stansiyalarini profilaktika qilish qoidalari va tartiblari; benzoelektr agregatlari va elektr qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish qoidalari.

      Ish vazifalari: Ishchi yo‘riqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Grafik asosida

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi


  • Avtomobil haydovchisi ("Nurobod" ishlab chiqarish maydoni "Sabirsoy" geotexnologik koni )

  • Samarqand viloyati Nurobod tumani
  • 79-507-40-05
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 3

      Ma`lumoti: o‘rta maxsus kasbiy yoki umumiy o‘rta ma’lumot

      Bandlik shakli: doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 3 yil

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): B, C, D, E toifali avtomobil haydovchisi guvohnomasi hamda xavfli yuk tashishga ruxsat beruvchi guvohnoma

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Avtomobil xaydovchisi kasbida ishlashiga tegishli тexnik foydalanish qoidalarini, xizmat ko‘rsatilayotgan avtomobillar agregatlari, mexanizmlari va jihozlarining vazifasi, tuzilishi, ishlash qoidalarini, yo‘l harakati qoidalarini. harakat xavsizligi asoslarini, ob-havo sharoitlari avtomobilni haydash xavfsizligiga ta’sir qilinishi, avtomobildan foydalanish qoidalarini, tez buziladigan va xavfli yuklarni tashish qoidalarini, avtomobildan foydalanish jarayonida paydo bo‘lgan nosozliklаr sabablarini, ularni aniqlash va bartaraf etish usullarini, texnikaviy xizmat ko‘rsatish tartibi va avtomobillarni garaj va ochiq to‘xtash joylarida saqlash qoidalarini, mehnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi, sanoat xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘inga qarshi va fuqaro muhofazasi bo‘yicha voida va me’yorlarni bilishi talab etiladi. 

      Ish vazifalari: Ishchi yo‘riqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba-juma Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi


  • Ekskovator mashinisti ("Nurobod" ishlab chiqarish maydoni "Sabirsoy" geotexnologik koni)

  • Samarqand viloyati Nurobod tumani
  • 79-507-40-05
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1

      Ma`lumoti: o‘rta maxsus kasbiy yoki umumiy o‘rta ma’lumot

      Bandlik shakli: doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 3

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Ekskovator mashinisti kasbi bo‘yicha malaka guvohnomasi

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      "bir kovshli ekskovator mashinisti" kasbi bo'yicha ishlab chiqarish ta'limidan o'tishi va texnik foydalanish qoidalariga rioya qilishi kerak. Bir kovshli ekskovator mashinisti ekskovatorlarning tuzilishini, ishlash prinsipini va texnik xususiyatlarini, mexanik gidravlika va elektr jihozlarining ishlash prinsipini, ekskovator qo'shimchalarini o'rnatish va demontaj qilishni, nosozliklar sabablarini va ularni bartaraf etish usullarini, qoidalarini bilishi kerak, yuzning turli chuqurliklarida turli toifadagi tuproqlarni qazish, belgilangan profillar va balandliklarga rioya qilgan holda tuproqlarni qazish qoidalarini bilishi shart.  Bir kovshli ekskovator mashinisti kasbi bo'yicha malaka kasb guvohnomalari talab etiladi.

      Ish vazifalari: Ishchi yo‘riqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba-juma Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi


  • Burg'ulash va geotexnologik jihozlarni ta'mirlash bo'yicha navbatchi elektrchilangar ("Nurobod" ishlab chiqarish maydoni "Sabirsoy" geotexnologik koni)

  • Samarqand viloyati Nurobod tumani
  • 79-05-40-05
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 1

      Ma`lumoti: o‘rta maxsus kasbiy yoki umumiy o‘rta ma’lumot

      Bandlik shakli: doimiy

      Talab etiladigan ish staji: talab etilmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): "Burg'ulash va geotexnologik asbob-uskunalarni ta'mirlash va navbatchilik bo'yicha elektrchilangar" kasbi bo'yicha malaka guvohnoma.

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Burg'ulash va geotexnologik uskunalarni ta'mirlash bo'yicha navbatchi elektrchilangarining ishi bilan bog'liq texnik foydalanish qoidalariga rioya qilishi, burg'ulash va geotexnologik jihozlarni ta'mirlash bo'yicha navbatchi elektrchilangar quyidagilarni bilishi kerak: ishda ishlatiladigan va xizmat ko'rsatadigan burg'ulash va texnologik qurilmalarning maqsadi, tuzilishi va texnik tavsifi, mashinalar va mexanizmlar, elektr jihozlari va elektr jihozlari, o'lchash asboblari, asboblar, umumiy, universal va maxsus qurilmalar elektrotexnika, elektrotexnika va o'rnatish bo'yicha asosiy ma'lumotlar, elektr simlarini kesish, lehimlash va izolyatsiyalash, egiluvchan va zirhli kabellarni kesish va ulash texnikasi va usullari, elektr ta'minoti sxemalari, xizmat ko'rsatiladigan himoya  hududda yoritish uskunalari joylashuvini va h.k.larni bilishi shart. 

      Ish vazifalari: Ishchi yo‘riqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba-juma Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi


  • Burg‘ilash qurilmasi mashinisti (kelgusida zahiralash uchun)

  • Konimex tumani, Zafarobod qo‘rg‘oni, Zarafshon shahri
  • 79-507-58-84, 507-55-13
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: Ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda

      Ma`lumoti: O‘rta maxsus

      Bandlik shakli: doimiy

      Talab etiladigan ish staji: ish staji talab etilmaydi

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi bo‘yicha 7 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      - burg‘ilash ishini;
      - burg‘ilash va quvvat jihozlari, burg‘ilash mashinalari, kichik mexanizatsiya vositalari, moslamalar va burg‘ilash instrumentlarining konstruksiyalari, ishlash prinsiplari, ularni ishlatish texnik shartlarini;
      - burg‘ilash minoralari konstruksiyalarini;
      - burg‘ilanadigan tog‘ jingslari qattiqligiga bog‘liq holda burg‘ilash instrumentining moy sifatiga qo‘yilgan talablarni;
      - uskunaga ruxsat etilgan yuklamani;
      - burg‘ilash maydonida jihozlar maqbul (ratsional) joylashuv sxemasini;
      - burg‘ilash texnologik rejimlari va usullari, quduqlarni burg‘ilash va kengaytirish, shu jumladan katta diametrli quduqlarni ham;
      - gidroizolyasiya ishlarining mazmun va maqsadini;
      - odatdagi va murakkablashgan geotexnologik sharoitlarda quduqlar o‘tkazish texnologiyasini;
      - filtrlarning turlari va suvlik gorizontlarni gilsizlantirish usullarini; - yuvish suyuqligi retsepti va ularni tayyorlash texnologiyasini;
      - titrashga qarshi surkov moyi tarkibi va moylash materiallarini qo‘llashni;
      - jihozlar ishidagi texnik nosozliklar, quduqlardagi avariyalar sodir bo‘lish sabablari va ularning oldini olish va bartaraf qilish usullarini;
      - avariya instrumentlari, ularni qo‘llash shartlari va usullarini; - nazorat-o‘lchov apparatlari va asboblarining maqsadli vazifalari va tuzilishlari, ular bo‘yicha burg‘ilashning maqbul rejimini o‘rnatishni;
      - quduqlarni burg‘ilash texnologiyasi va vositalarining vazifalarini;
      - burg‘ilash jihozlarini yig‘ish, qismlarga ajratish va mahkamlash qoidalari va usullarini; montaj qilish, yuklash-tushirish ishlarini olib borish va yuklarni tashish qoidalari va usullarini.

      Ish vazifalari: Ishchi yo‘riqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Smena asosida

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi


  • Yetakchi muhandis-geolog

  • "Uran va noyob metallar geologiyasi" IIChM Geologiya boʼlimi (navoiy viloyati, Konimex tumani)
  • 79-507-50-60
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 2

      Ma`lumoti: Oliy kasbiy (texnik)

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 5 yil

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Oliy maxsus ma‘lumotli (geologiya)

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Konlarning geologik tuzilishi va ularning oʼrganilish darajasini, xom-ashyo bazalarining joriy vaqtdagi holatini va uning rivojlanish istiqbollarini. Geologiya va Geofizika boʼlimi toʼgʼrisidagi nizom, korxona mehnat jamoasining jamoa shartnomasini, mazkur lavozim yoʼriqnomasi talablarini. Korxonada amal qiladigan va ishlarni bajarishga taalluqli qarorlar, buyruqlar, standartlar, GOST (DST) lar, yoʼriqnomalar, farmoyishlarni va rahbariyat hujjatlarini; ish yuritishni. Geologik, gidrogeologik, geofizik va topogeodeziya ishlarini bajarish texnologiyasini va mazkur ishlarda qoʼllaniladigan asboblar va apparaturalar toʼgʼrisidagi umumiy maʼlumotlarni. Geologik, ochilgan va tayyorlangan zahiralarni hisoblash metodikasini va ularni hisobga olish shakllarini (harakatlanish jadvallari). Yer ostida eritmaga oʼtkazish usuli bilan konlarni ekspluatatsiya qilish boʼyicha amaldagi qonunlar va yoʼriqnomalarni. Materiallar va hujjatlarni tuzish, hisobga olish, saqlash qoidalarini, hisobot, loyiha va boshqa hujjatlarni taqdim qilish muddatlari va shaklini. Quduq tizimlari bilan yer ostida eritmaga oʼtkazish usuli bilan maʼdan konlarini qazishda xavfsizlik qoidalarini. Yer osti boyliklari toʼgʼrisidagi qonun, tabiatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonun, yer kodeksi, yer osti boyliklarini muhofaza qilishning yagona qoidalarini, yer osti boyliklari va atrof-muhitni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonunchilikni.

      Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • Аvtomobil haydovchisi

  • "Zafarobod" kon boshqarmasi 6-sonli Аvtomobil bazasi (Navoiy viloyati, Konimex tumani)
  • 79-507-58-84, 79-507-55-13
  • Batafsil

    • Bo`sh ish o`rinlari soni: 2

      Ma`lumoti: O‘rta maxsus

      Bandlik shakli: Doimiy

      Talab etiladigan ish staji: 3 yil

      Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi

      Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): B, C, BE, CE-toifali haydovchilik guvohnomasi, xavfli yuklarni tashishga haydovchiga ruxsat berish toʼgʼrisidagi guvohnoma

      Lavozimga qo`yiladigan talablar:

      Xizmat koʼrsatiladigan avtomobillarning agregatlari, mexanizmlari va asboblarining vazifasini, tuzilishini, ishlash printsipini, ishlashini va xizmat koʼrsatishini; yoʼl harakati qoidalarini; harakat xavfsizligi asoslarini; avtomobilni haydash xavfsizligiga ob-havo sharoitlarining taʼsirini; avtomobillardan texnik foydalanish qoidalarini (haydovchilarga tegishli boʼlgan); tez buziladigan va xavfli yuklarni tashish qoidalarini; avtomobildan foydalanish jarayonida vujudga keladigan nosozliklar alomatlarini, sabablarini va xavfli oqibatlarini, ularni aniqlash va bartaraf qilish usullarini; garajlarda va ochiq turar joylarda avtomobillarga texnik xizmat koʼrsatishni oʼtkazish tartibini va avtomobillarni saqlash qoidalarini; nosozliklar alomatlarini, sabablarini va xavfli oqibatlarini, ularni aniqlash va bartaraf qilish usullarini; texnik xizmat koʼrsatish boʼyicha ishlarni bajarish hajmlarini, davriyligini va asosiy qoidalarini; avtomobillarning taʼmirlararo oʼtilgan masofalarini oshirish usullarini; dala sharoitlarida avtomobillarga texnik xizmat koʼrsatish, taʼmirlashni tashkillashtirishning oʼziga xos xususiyatlarini; avtomobillarda radioaloqa vositalaridan foydalanish qoidalarini; tashishlarni dispetcherli boshqarish asoslarini, dispetcherlik aloqasi texnik vositalarini va avtomobillar harakatini nazorat qilishni; shaharlararo tashishlarning oʼziga xos xususiyatlarini, haydovchilarning ish rejimini; asosiy foydalanish materiallarining xususiyatlarini, qoʼllanilishini, ularni transportda tashish va saqlash qoidalarini, sarflash meʼyorlarini va ularni tejash boʼyicha choralarni; avtomobil shinalarining oʼtgan masofasini va akkumulyator batareyalarini ishlatish muddatini oshirish usullarini; yoʼlovchilarni mindirish va tushirish maqsadida avtobuslarni keltirish qoidalarini va ushbu qoidalarga rioya qilinishini nazorat qilish; yoʼl-transport hodisalarida yoʼlovchilarni shoshilinch evakuatsiya qilish tartibini; avtomobilning ishlashini hisobga olish boʼyicha dastlabki hujjatlarni toʼldirish qoidalarini; yangi avtomobillarni va kapital taʼmirlashdan keyin yurgizib sinab koʼrish qoidalarini; baxtsiz hodisalarda vrachgacha birinchi yordam koʼrsatish usullarini bilishi kerak.

      Ish vazifalari: Ishchi yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish

      Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq

      Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida koʼrsatilgan qoʼshimcha imtiyozlar beriladi


  • ESLATMA! Yuqoridagi har bir lavozimga keltirilgan talablar bo‘yicha nomzodlar tanlov asosida saralab olinadi.