Awesome Image

ZAFAROBODDA “VAZIRLIK BOG‘I” YARATILDI

Butun mamlakatimizda bo'lgani kabi “Navoiyuran” davlat korxonasi va uning tarkibiy bo‘linmalarida ham “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

 

Hashar doirasida Zafarobod qo‘rg‘onida 12 gektar maydonda “Vazirlik bog‘i” yaratildi. Ushbu xayrli tadbirda korxona rahbariyati va muhandis-texnik xodimlari faol ishtirok etib, 12 500 tup turli navdagi, xususan, qayrag'och, tut, pavloniya, gujum kabi manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

 

Ahamiyatlisi, mazkur bog‘ga tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatilgan. Bu esa daraxtlarning murakkab cho‘l iqlimiga moslashishini ta’minlash bilan bir qatorda, suvni sezilarli darajada tejash imkonini beradi.

 

"Navoiyuran" DK axborot xizmati