Awesome Image

“TOJIK NODIR METALLARI” DAVLAT UNITAR KORXONASI “NAVOIYURAN” DK BILAN HAMKORLIK QILISh ISTAGIDA 

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar jadallik bilan rivojlanib, strategik jihatdan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu ikki tomonlama aloqalar tarixida yangi sahifa ochib, sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yanada yuqori darajaga olib chiqilayotganidan dalolat beradi.

Bugun “Tojik nodir metallari” davlat unitar korxonasi bosh direktori Azimi Mirzoato Mo‘ydin boshchiligidagi korxona tarkibiga kiruvchi gidrometallurgiya zavodi direktori S.Azimov, GMZ muhandis-texnologi S.Fayzulloevlardan iborat delegatsiyaning “Navoiyuran” DKga tashrifi ham mana shunday aloqalarning bir ko‘rinishi bo‘ldi deyish mumkin.

Dastlab mehmonlar “Navoiyuran” DK bosh direktori J.Xasanov bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida mehmonlar “Navoiyuran” DK bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini bildirishdi. O‘z navbatida “Navoiyuran” DK bosh direktori korxonada amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, mehmonlar Uran ishlab chiqarish zavodida bo‘lishib, mavjud texnologik jarayonlar, xususan, tabiiy uran mahsuloti ishlab chiqarishi bilan yaqindan tanishdi.

Kelgusida har ikki davlat korxonalari mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish maqsadida Tojikiston davlatiga taklif etishdi.

"Navoiyuran" DK axborot xizmati