“Navoiyuran” davlat korxonasi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan eng namunali soliq to‘lovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
“Navoiyuran” davlat korxonasining Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi ulushi 2,1 foizni tashkil etadi. Birgina, 2023-yilda Davlat byudjetiga 2,9 trln. so‘mlik (233,4 mln. AQSh dollari ekvivalentida) to‘lovlar amalga oshirilgani, Respublikamizda TOP-10 talik yirik soliq toʼlovchilar roʼyxatida 6-oʼrinda joy olishi buning isbotidir.
Mana shunday natija va ko‘rsatkichlar bilan korxona yildan-yilga oldinga qarab ildamlab bormoqda. 2024-yilda ham Davlat byudjetiga 4,3 trln. so‘m to‘lovlarni amalga oshirish reja qilingan.