O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi 319-sonli qarorida “Navoiyuran” davlat korxonasini transformatsiya qilish bilan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish va 2024-yilning yakuniga qadar xalqaro kredit reytingi olinishi belgilangan.
Shu maqsadda, bugungi kunda “Navoiyuran” DK moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarini (IFRS) birinchi bor qo‘llash orqali 2022-2023 yillar yakuni bilan ularni jahonda tan olingan “Katta to‘rtlik” (Big four) xalqaro auditorlik kompaniyasi Deloitte tomonidan auditdan o‘tkazilmoqda.
Ushbu jarayonda “Navoiyuran” DKning birinchi xalqaro kredit reytingini qo‘lga kiritish maqsadida xalqaro kredit reyting agentliklari bilan muzokaralar olib bordi.
Olib borilgan muzokaralar natijasida joriy yilning 6-martida Toshkent shahrida “Fitch Ratings on Uzbekistan” tadbiri doirasida “Navoiyuran” DK va Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi o‘rtasida shartnoma imzolashga erishildi.
Mazkur shartnoma doirasida, Fitch Ratings joriy yilning sentabr-oktabr oylarida “Navoiyuran” DKda 2022-2023 yillarda amalga oshirilgan transformatsiya tadbirlari va moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari asosida tayyorlangan hisobotlari halqaro talablar asosida baholanadi va korxonaga halqaro kredit reyting olish choralari ko‘riladi.
Mazkur tadbirda Fitch Ratings tomonidan Respublikamizning yirik tashkilotlari tomonidan xalqaro kredit va ESG reytinglarini qo‘lga kiritilishi, xalqaro reytinglar bo‘yicha yangilik va o‘zgarishlar haqida panel sessiyalari bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan birga, “Navoiyuran” DK va Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi o'rtasida korxonada atrof muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv bo‘yicha ESG tamoyillarini joriy etilayotganligini baholash va Sustainibility (“Barqarorlik”) ESG reytingini olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
"Navoiyuran" DK axborot xizmati