Awesome Image

“NAVOIYURAN” DAVLAT KORXONASI JAMOASI HASHARDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi arafasida yurtimiz bo‘ylab “Mahalla obod - yurt obod!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Ushbu xayriya tadbirida “Navoiyuran” davlat korxonasi va uning tarkibiy bo‘linmalarida mehnat faoliyatini olib borayotgan muhandis-texnik va ishchi-xodimlar faol ishtirok etishmoqda.

Xususan, hashar davomida boshqarma, sex, zavod va geotexnologik konlar hududlari obodonlashtirilib, chiqindilardan tozalanmoqda.

Korxonaning Navoiy, Zafarobod, Uchquduq va Nurobod maydonlarida tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari davomida ishchi-xodimlar tomonidan o‘zlari faoliyat olib borayotgan ma’muriy binolar atrofidagi hududlarni yovvoyi o‘tlardan tozalash, daraxtlarni oqlash, ariq va zovurlarni tozalash kabi ishlar bajarildi hamda yer maydonlarida ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.