Bir necha yildirki mamlakatimiz bo‘ylab "Xon atlas" festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.
Bundan maqsad ushbu matodan tikilgan liboslarda xalqimizning asrlarga tutash bo‘lgan o‘tmishi, urf-odati va an’analari, didi, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etishdan iborat.
Mazkur festival doirasida “Navoiyuran” davlat korxonasi va uning tarkibiy bo‘linmalari mehnat jamoalarida ham o‘ziga xos chelenj o‘tkazildi, xotin-qizlar tomonidan milliy liboslarda fleshmoblar tayyorlandi.
Korxona Xotin-qizlar Kengashi va 6-sonli Birlashgan kasaba uyushmasi Qo‘mitasi boshchiligida korxona xotin-qizlari bilan birgalikda barcha ishchi-xodimlarga xursandchilik va bayramona kayfiyat ulashildi.
Tadbir ishtirokchilari bo'lgan xotin-qizlar xon atlasning kelib chiqish tarixi va shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu milliy matoni ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni haqida suhbatlar qilishdi.