Awesome Image

MARKAZ RAHBARI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

“Uran va noyob metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan "Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil qilindi. 

Uchrashuvda markaz direktori Z.Raximov markazning yosh ishchi-xodimlar bilan o‘zaro dildan suhbat qildi. 

Ochiq muloqot davomida rahbar o‘z maslahatlari va hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Yoshlarning dilidagi maqsad va niyatlari eshitildi.

Shuningdek, yoshlarning fikr-mulohazalari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha takliflari qabul qilindi. 

Muloqot davomida boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Z.Abduraxmonova tomonidan yoshlar ishtirokida tashkil etilgan sport musobaqalari va  ma’naviy-marifiy tadbirlarda faol qatnashgan yoshlar rahbariyat tomonidan rag‘batlantirildi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan uchrashuv yosh kadrlarga kuch va g‘ayrat, o‘z ishiga shijoat va fidoyilik bag‘ishlagani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

"Navoiyuran" DK axborot xizmati