Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari fidoyilari!
Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman. Sharafli mehnatingiz, haqiqatni soʻzlashdagi jasoratingiz va yaxshilikni keng yoyishdagi joʻshqin ishtiyoqingiz aslo soʻnmasin.
Qadrli Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida ommaviy axborot vositalari vakillarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki beqiyos ekanligini e’tirof etish joiz deb o‘ylayman.
Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli jarayonlarni xalqimizga yetkazishda Sizning mehnatingiz tahsinga sazovor.
Hurmatli jurnalistlar, Sizlarni yana bir bor qutlugʻ va sharafli kasb bayramingiz — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, tuganmas ilhom va mas'uliyatli faoliyatingizda yangidan-yangi yutuqlar tilaymiz.
Hurmat bilan, “Navoiyuran” DK Bosh direktori
Djamal Fayzullayev