Ma’lumki, Respublikamizda 2024-yil 1-iyuldan 1-avgustga qadar yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun “Dolzarb 30 kun” e’lon qilindi.
Ushbu oylik doirasida “Navoiyuran” davlat korxonasi va uning tarkibiy bo‘linmalarida ham qator profilaktik targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Uran ishlab chiqarish zavodida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda “Dolzarb 30 kun”ni korxonada belgilangan chora-tadbirlarga asosan o‘tkazilishini ta’minlash hamda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yozma ko‘rsatma bandlarining bajarilish masalalari muhokama etildi.
Tadbirda JKB va NSM OYoXTTE bo‘lim boshlig‘i B.Abduraxmanov, ushbu bo‘lim profilaktika va nazorat inspektori F.Maxammatov va zavodning muhandis-texnik xodimlari ishtirok etishdi.
Dastlab, zavod direktori S.Po‘latov “Dolzarb 30 kun” tadbirining ahamiyati, belgilangan vazifalar, muhandis-texnik xodimlarning burchlari xususida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas’ullar yozma ko‘rsatma bandlarining bajarilishi yuzasidan ma’lumot berishdi.
"Navoiyuran" DK axborot xizmati