“Uchquduq” ishlab chiqarish maydoni Navoiy viloyatining shimoliy qismida joylashgan.
Tuzilma tarkibiga geotexnologik kon va sulfat kislota ishlab chiqarish sexi kiradi. Bugun qazib olish ishlari Uchquduq va Maylisoy konlarida olib borilmoqda.
O‘zbekistonda ilk bor uranni yer osti yuvish usulida qazib olish 1962-yilda aynan shu yerda amalga oshirila boshlandi.
Keyingi yillarda geotexnologik konda modernizatsiya qilish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish natijasida kon ishlari va tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshdi. Natijada mehnat jamoasi uran bo‘yicha davlat rejasini muvaffaqiyatli bajarmoqda.
Ayni paytda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, mahalliylashtirish va import o‘rnini bosish dasturlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishda muhim o‘rin tutadigan uran qazib olish va qayta ishlash texnologik jarayonlarini boshqarish tizimini modernizatsiya va avtomatlashtirish ishlarini takomillashtirish bo‘yicha texnik chora-tadbirlar doimiy ravishda amalga oshirilmoqda. Asosiy maqsad ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish va davlat rejalarini bajarish.